Youtube


    RAXBARIMIZ

    HD
    5:55
    автор | дата 18.02.2019
    • 402
    • 10
    • 1
    Проголосовало пользователей: 11
    Men Buxora viloyati Olot tumani denov qfy da yashayman.Oilaliman, uch nafar farzandning onasiman.2018 yil 26 dekabrda sektor raxbarimiz tuman bosh prakurori Muhammedov oldiga yordam so‘rab borgan edim.Qoravul meni ichkariga kiritmay kimgadir telefon qildi va menga prakuror yo‘qligini meni hech kim qabul qilmasligini aytdi.SHu payt prakraturadan Muhammedovning o‘zi chiqib keldi.U men bilan qo‘pol muomalada bo‘lib.nafsoniyatimga tegdi.Seni qamataman deb po‘pisa qildi.Bu ham yetmaganday qoravulga meni ko‘chaga chiqarib tashlashni buyurdi.Prakurordan buyruqni olgan qoravul meni badanimga qo‘l tekkizib, itni haydaganday haydab tashqariga itarib chiqardi.Qoravulning o‘sha paytdagi yuz ifodasini hech unitaolmayapman uning ko‘zlari qonga to‘lgan edi.Qoravul va unga o‘xshagan boshqa shaxslar jamiyat uchun xavfli shaxslardir.CHunki ular manqurt singari kim nima desa shu ishni qilishadi qoravul o‘ylab ham o‘tirmay prakurorning buyrug‘ini bajargani kabi.Agar prakuror meni o‘ldirishni buyursa ham u shu ishni qilgan bo‘larmidi? Qoravul meni itarib yuborganda temir to‘siqqa borib urildim.CHap yelkam lat yedi.1 hafta davomida shifoxonada yotib davolandim.Ekspertiza qilishdi.Shunday holat bo‘lishiga qaramay qoravul va prakurorga hech qanday chora ko‘rilmayapti.Men juda ko‘p vakolatli organlarga murojaat qildim lekin foydasi yo‘q.Bosh prakratura Buxora viloyati prakraturasiga, Buxora viloyati prakraturasi esa Olot tumani prakraturasiga yuborishadi.Jinoyatchi jinoyatini tan olmaganidek kim o‘zi ustidan o‘zi ish olib boradi? Nahotki ayol kishiga nisbatan qilingan bu haqoratlar javobsiz qolsa? Aybdorlar suvdan quruq chiqishadimi? Nahot adolat qaror topmaydi? Agar ularning o‘rnida oddiy fuqaro bo‘lganida allaqachon chora ko‘rilgan bo‘lardi.Nima uchun o‘sha kungi kamerani hech kim ko‘rmaydi? Bu holatdan keyin bir necha kun o‘tib Buxora viloyati prakraturasidan telefon qilishdi, meni prakraturaga chaqirishdi, Jabrlanuvchi bo‘lishimga qaramasdan meni so‘roq qilishdi.Sababsiz kechgacha ushlab turishdi, uyga ketmoqchi edim lekin soqchi bunga yo‘l qo‘ymadi.U imzo qo‘yib keyingina ketishim mumkinligini aytdi va majburan imzo qo‘ydirdi. Men bu holatga ko‘z yumib ketishim ham mumkin, ammo kelajagim, farzandlarim kelajagidan xavotirdaman.SHuning uchun nafaqat o‘zim balki tumanimiz xotin qizlari nomidan iltimos menga uch nafar farzandning onasiga qo‘pol munosabatda bo‘lgan ushbu shaxslarga nisbatan qonuniy jazo choralari ko‘rilishida yordam beringlar.
    ЕЩЁ
    • СКАЧАТЬ
    Популярные тэги
      Сейчас смотрят
      Пользователи